14:55 / 25.02.2023
21532
Reklama

Krantas Group jahon bozorida yengil bronlangan avtoni taqdim etdi

Foto: Krantas Group

BAAda IDEX-2023 xalqaro mudofaa ko‘rgazmasi davom etmoqda. Ko‘rgazmada O‘zbekistonning mahalliy ishlab chiqaruvchisi bo‘lmish Krantas Group tomonidan ishlab chiqilgan Tarlon va Qalqon nomli modernizatsiya qilingan yangi yengil bronlangan avtomobillar taqdim etildi.

Foto: Krantas Group

Bu avtomobillarga dunyoning turli mamlakatlari vakillari baho berdi. Avtomobillar kolonnalarni qo‘riqlash va kuzatib borish, sanitar tashuvlar, muhandislik, radiatsiyaviy, kimyoviy va biologik razvedka hamda qurolli qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.

Foto: Krantas Group

Krantas Group himoya darajasi Yevropa standartlariga mos keladigan o‘z muhandislik mahsulotining sifatidan faxrlanadi. Bu avtomobillarga xorij mamlakatlari qiziqish bildirishdi va kelgusida yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzildi.

Reklama huquqi asosida 

Top