13:17 / 05.03.2023
17786

Jurnalist Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi

Uning o‘limiga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Foto: Taraqqiyot strategiyasi markazi

«Nuroniy» gazetasi bosh muharriri Shuhrat Dehqonov 52 yoshida vafot etdi. Bu haqda Jurnalistlar uyushmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Jurnalist o‘limga davomli qand kasalligi sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Shuhrat Dehqonov Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, turli jamoat tashkilotlarida mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Muhriddin Xoliqovning bir qancha mashhur qo‘shiqlari, jumladan, «Pariro‘y sanamlar» she’ri muallifi bo‘lgan.

Top