Farg‘ona

Farg‘ona

Farg‘ona viloyati – 1938 yil 15 yanvarda tashkil etilgan. Respublikaning sharqida, Farg‘ona vodiysining janubida joylashgan. Tarkibida 15 tuman, 9 shahar, 10 shaharcha, 164 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi — Farg‘ona shahri.

Farg‘ona viloyati O‘zbekistonning eng chiroyli va tog‘li manzaraga boy bo‘lgan joylaridan biridir. U Pomir-Oloy va Tyan Shan tog‘lari tizimi oralig‘idagi Farg‘ona vodiysida joylashgan.

Bu joyni “Qadimiy sivilizatsiyaning beshigi” deb ham nomlashadi. Mazkur viloyatda juda ko‘p qadimiy yodgorliklar, arxitektura qoldiqlari va eski shahar xarobalari topilgan. Qo‘qon, Marg‘ilon, Rishton kabi shaharlar Markaziy Osiyo xalqlarining bebaho tarixiy merosi bo‘lib hisoblanadi.

Farg‘ona O‘zbekistonning sanoati rivojlangan viloyatlaridan. Bu yerda 80 dan ortiq sanoat korxonalari, shu jumladan "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi, "Qo‘qon superfosfat zavodi", "Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi", "Elektromash" aksiyadorlik jamiyati ishlamoqda. 

Farg‘ona viloyatining sanoat jabhasida kimyo, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, yengil sanoat, mebel sanoati, qurilish materiallari, ishlab chiqarish, mashinasozlik va metallga ishlov berish, elektronika va boshqa tarmoqlar alohida o‘rinni egallab turibdi.

Maydoni 6,8 ming km 2. 

Aholisi 3 994,8 ming kishi (2023)