Samarqand
Samarqand
Samarqand viloyati – O‘zbekistonning markazida, Zarafshon daryosi vodiysida joylashgan. U 1938 yil 15 yanvar kuni tashkil etilgan.
Viloyat hududi 16,8 kilometr kvadrat bo‘lib, aholisi 4 mln 159 ming (1 iyul holatiga ko‘ra) kishini tashkil etadi.
Samarqand viloyati shimoliy-sharqda Jizzax, janubda Qashqadaryo, shimoliy-g‘arbda Navoiy viloyatlari, g‘arbda Tojikiston bilan chegaradosh.
Viloyat tarkibida 14 ta tuman, to‘rtta viloyatga bo‘ysunuvchi shahar bor. Markaziy Osiyodagi eng qadimiy shaharlardan biri bo‘lgan Samarqand viloyat markazi hisoblanadi.
Viloyat aholisi asosan o‘zbeklardan (88 foiz) iborat. Shu bilan birga bu viloyatda tojiklar, ruslar, ukrainlar, ozarboyjonlar, mesxeti turklari va boshqa millatlar yashaydi.
Viloyatda tarixiy va arxeologik maskanlar juda ko‘p. Ayniqsa, Samarqand shahri tarixiy binolari bilan dunyoga mashhur.
Bu shaharda Registon ansambli, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli va Ulug‘bek rasadxonasi kabi tarixiy binolar saqlanib qolgan. Shuningdek, Urgutda ming yillik chinorlar hamon o‘sib turibdi.
Samarqand shahriga har yili millionlab mahalliy va xorijiy sayyohlar tashrif buyuradi.