Sirdaryo
Sirdaryo
Sirdaryo viloyati – 1963 yil 16 fevralda tashkil etilgan. Shimoldan Qozog‘iston Respublikasi, sharqdan Toshkent viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi va g‘arbdan Jizzax viloyati bilan chegaradosh. Tarkibida 9 tuman, 5 shahar, 6 shaharcha va 75 qishloq fuqarolari yig‘ini bor. Markazi — Guliston shahri.
Sirdaryo viloyatida, asosan, o‘zbeklar (60%), shuningdek, qozoq, tojik, rus va boshqa 70 dan ortiq millat vakillari yashaydi. Viloyat xo‘jaliklari, asosan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan. Sanoati paxtani va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga qaratilgan.
Siz mintaqaga baliq ovi uchun borishingiz mumkin, chunki Sirdaryoda juda ko‘p baliqlar uchraydi – yirik zog‘orabaliq va xumbosh baliqdan tortib ilonbaliq va sudaklargacha! Sirdaryo – unutilmas xushbo‘y hidi va shirin ta’ mi bilan butun dunyoga mashhur bo‘lgan Mirzacho‘l qovunining vatanidir.
Sirdaryo viloyati paxtachilik, pillachilik, polizchilik va chorvachilikka ixtisoslashgan. Viloyatda Sirdaryo elektr stansiyasi va Farhod gidroelektrostansiyasi ishlamoqda, ular mamlakatdagi barcha elektr energiyasining 1/4 qismini ishlab chiqaradi.
Maydoni: 5 100 km²
Aholisi: 900,9 ming kishi.
So‘nggi yangiliklar
-
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
O‘zbekiston | 19:04
-
Suriya va Isroil BAA vositachiligida yashirin muzokaralar olib bormoqda - Reuters
Jahon | 19:01
-
MacCoffee - “2024 yilda O‘zbekistonda 3 tasi 1 da qahvalari bo‘yicha yetakchi” deb e’tirof etildi
O‘zbekiston | 19:00
-
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
Jahon | 18:47
-
Qozog‘istonda G‘alabaning 80 yilligiga bag‘ishlangan harbiy parad o‘tkazildi
Jahon | 18:43
-
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
Sport | 18:36
-
Hindiston Pokistonga suv yetkazib berishni to‘xtatdi
Jahon | 18:26
-
Shavkat Mirziyoyev 8-9 may kunlari amaliy tashrif bilan Rossiyaga boradi
O‘zbekiston | 18:17
-
AQSh sudi Pegasus josuslik dasturini yaratgan Isroil kompaniyasini 170 mln dollar jarimaga tortdi
Jahon | 17:53
-
Shavkat Mirziyoyev Germaniya kansleri Fridrix Mersni tabrikladi
O‘zbekiston | 17:43
-
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi
O‘zbekiston | 17:31
-
Tashqi dushman obrazi siyosiy maqsadlarda bo‘rttirilyapti - tahlilchilar Hindiston–Pokiston nizosi haqida
Jahon | 17:27