Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yunusoboddagi eng yangi va zamonaviy fitnes-klub - Power Fitness Extreme Club abonementlar uchun 60 foizlik chegirmalar taqdim etadi
Foto: Power Fitness
Tez kunda Toshkentdagi Stroy Center savdo majmuasining 5-qavatida mashhur Power Fitness tarmog‘idagi fitnes-klub o‘z faoliyatini boshlaydi. Zalning umumiy maydoni 2000 kvadrat metrni tashkil etib, Yunusoboddagi eng yirik fitnes-klub bo‘lishi kutilmoqda.
Fitnes-klub barcha zarur talablarga to‘la javob beradi: hi-tech uslubida bezatilgan keng mashg‘ulot xonasi, shahar manzarasi ko‘rinib turadigan maxsus kardio trenajyorlari, alohida ayollar hududi, zal bo‘ylab zamonaviy uskunalar jihozlangan, ayollar va erkaklar uchun alohida yuvinish xonalari ham foydalanuvchilar xizmatida.
Zalda jamoaviy va alohida mashqlar uchun krossfit, raqs va yoga, bundan tashqari boks, kikboksing, dzyudo kabi yakkakurash mashg‘ulotlari uchun yumshoq qoplamali “tatami” va haqiqiy ring ham mavjud.
Mashg‘ulotlardan keyin siz turk hammomiga tashrif buyurishingiz va SPA, massajlardan ham foydalanishingiz mumkin.
Zal ichida foydali xususiyatlarga boy ichimliklardan iborat fito-bar ishlab turibdi. Shu qavatda diyet-kafe ham mavjud bo‘lib, mehmonlar mashg‘ulotlardan keyin u yerda mazali taomlardan energiya olishlari mumkin. Farzandlari bilan kelgan qatnashchilar uchun bolalar maydonchasi xizmati muntazir, mashg‘ulot paytida farzandlaringiz ishonchli qo‘llarda bo‘ladi
Eng muhimi esa, yaqin kunlardagi ochilish sabab fitnes-klub 60 foizlik chegirmalarni taklif qilmoqda. Bu hali hammasi emas. 1 oy uchun abonement olsangiz, 60 foiz chegirmaga, 3 oylik abonement olsangiz, qo‘shimcha yana 10 foiz chegirmaga, 6 oylik to‘lovni amalga oshirsangiz esa qo‘shimcha 15 foiz, yillik a'zomiz bo‘lsangiz, 20 foiz qo‘shimcha chegirma olasiz! Shunday qilib 80 foizgacha chegirmalarni qo‘lga kiritishga shoshiling.
Uzoq muddatli abonementlarimizni xarid qilsangiz, kela olmaydigan kunlaringizni muzlatib qo‘yish imkoniga ega bo‘lasiz. U kunlar abonementingizning umumiy muddatiga qo‘shib beriladi.
Eslatib o‘tishimiz lozimki, har 10 kunda chegirmalarimiz 10 foizga qisqarib boradi. Shu bois, bunday ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.
Batafsil ma'lumot uchun: +998(99) 868-90-09
- Manzil: Yunusobod tumani, Amir Temur va Yangishahar ko‘chalari kesishmasi 10-uy;
- Mo‘ljal: «MegaPlanet» SKM 500 metr masofada;
- Ish vaqti: Yakshanbadan tashqari har kun, soat 7:00 dan 23:00 gacha.
Reklama huquqi asosida