Jamiyat | 20:25 / 14.02.2017
4493
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limida adabiy kecha o‘tkazildi

Joriy yilning 14 fevral kuni O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyati bo‘limida millatimizning ikki buyuk namoyandasi - Alisher Navoiy va Bobur tavalludi sanasi munosabati bilan “Buyuklar yodi hamisha qalbimizda” nomli adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi. Kechada Farg‘ona viloyat hududida istiqomat qiluvchi Ko‘zi ojizlar jamiyatining 90dan ziyod a'zosi, ta'lim olayotgan ko‘zi ojiz yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda viloyat bo‘limi raisi Boltaboyev Bahodir Ergashevich, filologiya fanlari doktori professor Habibullo Jo‘rayev, O‘zbekiston Xalq ta'limi a'lochisi shoira O‘ktamxon Soliyevalar so‘zga chiqib Navoiy va Boburni yetuk shaxs hamda iste'dodli shoir sifatida dunyo adabiyotida asrlar osha o‘z mavqeini saqlab kelayotganligi, ularning yozib qoldirgan noyob asarlari millatni millat bo‘lib shakllanishida muhim o‘rin tutishi haqida gapirib o‘tdilar.

 

Tadbirda ko‘zi ojiz san'atkorlar Navoiy va Bobur g‘azallari bilan aytilgan kuy-qo‘shiqlarni ijro etdilar.

Tadbir so‘ngida O‘zbekiston Ko‘zi ojizlar jamiyati Farg‘ona viloyat bo‘limi raisi Bahodirjon Boltaboyev so‘zga chiqdi.

 

Mavzuga oid