Sport | 11:30 / 23.02.2018
10612
3 daqiqa o‘qiladi

Rossiyada dastlabki oltin. Pyongchang-2018da bugun o‘ynaladigan medallar

Foto: Peongchang2018.com

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida davom etayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarida navbatdagi kun bahslari bo‘lib o‘tadi. Bugungi kun dasturidan to‘rtta medallar komplekti va bitta bronza medali o‘rin olgan.

Hozirgacha ikkita sport turida medallar o‘z egalarini topdi. Olimpiada boshlanganiga 2 hafta bo‘lganida nihoyat Rossiyalik olimpiyachi atletlar terma jamoasi ilk oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Figurali uchish bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi yakkalik bahslarda rossiyalik Alina Zagitova qisqa dasturda rekord ball (82,92) va erkin dasturda 156,65 ball, jami 239,57 ballni qo‘lga kiritib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi o‘rin boshqa bir rossiyalik sportchi Yevgeniya Medvedevaga nasib etdi. Ikki karra jahon chempioni bo‘lgan Medvedeva 15 yoshli raqibidan bor- yo‘g‘i 1 ball kam jamg‘ardi. Bronza medali kanadalik sportchi qizga nasib etdi.

Fristayl musobaqalarida esa Kanadaga teng keladigan jamoa topilmadi. Dastlabki ikki o‘rinni aynan shu yurt vakillari egallashdi.

Bugun yana ikkita sport turida g‘oliblar aniqlanadi. Konkida yugurish bo‘yicha erkaklar 1000 metr masofada kuch sinashsa, biatlon bo‘yicha so‘nggi medallar erkaklar o‘rtasida estafeta bahslarida o‘ynaladi. Kyorlingda esa uchinchi o‘rin uchun uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Bugun medallardan tashqari hokkey bo‘yicha yarim final uchrashuvlari ham bo‘lib o‘tadi. Rossiya Chexiyaga qarshi saf tortsa, Kanada Germaniya terma jamoasi hokkeychilarini sinovdan o‘tkazadi.

Olimpiada-2018

Pyongchang, Janubiy Koreya
23 fevral kuni o‘ynaladigan barcha medallar

Figurali uchish
Ayollar

1. Alina Zagitova (Rossiyalik olimpiyachi atletlar) – 239,57
2. Yevgeniya Medvedeva (Rossiyalik olimpiyachi atletlar)
3. Keytlin Osmond (Kanada)

Fristayl
Ski-kross
Ayollar

1. Kelsi Serva (Kanada)
2. Brittani Fela (Kanada)
3. Fanni Smit (Shveytsariya)

Kyorling
Erkaklar
3-o‘rin uchun bahs
Boshlanish vaqti – 11:35

Konkida yugurish
Erkaklar
1000 m
Boshlanish vaqti – 15:00

Biatlon
Erkaklar
Estafeta
Boshlanish vaqti – 16:15

Umumjamoa hisobida medallar jamg‘armasi (oltin, kumush, bronza, jami)
TOP-10

1. Norvegiya – 13-12-10 (35)
2. Germaniya – 13-7-5 (25)
3. Kanada – 10-8-9 (29)
4. AQSh – 8-7-6 (21)
5. Niderlandiya – 7-6-4 (17)
6. Shvetsiya – 5-4-0 (9)
7. Fransiya – 5-4-6 (15)
8. Avstriya – 5-2-6 (13)
9. Janubiy Koreya – 4-4-3 (11)
10. Shveytsariya – 3-6-3 (12)

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid