Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreyada tropik tunlar davomiyligi bo‘yicha rekord qayd etildi
Seulda tungi havo harorati ketma-ket 27 kecha davomida +27,2 darajadan pastga tushmadi.
Foto: Getty images
Janubiy Koreya poytaxti Seulda tropik tunlar davomiyligi bo‘yicha rekord o‘rnatildi.
Yonhap agentligining mamlakat meteorologiya xizmatiga tayanib xabar berishicha, Seulda ketma-ket 27 kecha davomida tungi havo harorati 27,2 darajadan pastga tushmagan.
Shunday qilib, Seuldagi harorat 1907 yildan buyon olib borilayotgan kuzatuvlar tarixida yangi rekordga aylandi.
Ertasi kuni soat 18:00 dan 09:00 gacha havo harorati 25 darajadan yuqori bo‘lsa, tun tropik deb ataladi. Janubiy Koreyada 16 avgust kuni bu ko‘rsatkich 2018 yilda o‘rnatilgan avvalgi rekordga tenglashgandi.
Haddan tashqari issiq havo harorati tufayli mamlakatning 92 ta hududida, jumladan Seulda ogohlantirish e’lon qilindi.
Mavzuga oid
15:10 / 17.12.2025
Toshkentda O‘zbekiston–Koreya strategik sherikligi muhokama qilindi
13:07 / 17.12.2025
Toshkentda parlamentlararo hamkorlik bo‘yicha qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi
19:52 / 06.12.2025
O‘zbekistonliklarni Koreyaga ishga jo‘natishga tayyorlaydigan maxsus o‘quv ustaxonalari ochiladi
09:35 / 27.10.2025