O‘zbekiston | 18:43 / 08.05.2024
62978
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan urush faxriylari soni ma’lum bo‘ldi

Ularning eng ko‘pi Toshkent shahri va viloyatida yashamoqda.

Foto: Kun.uz

O‘zbekistonda 112 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi yashayapti. Bir yil oldin ularning soni 174 nafar edi.

Eng ko‘pi Toshkent shahrida: 42 nafar faxriy istiqomat qilmoqda. Eng kami Sirdaryo viloyatida: 1 nafar.

O‘zbekistonning turli viloyatlaridagi faxriylar soni:

- Toshkent shahri – 42 nafar;

- Toshkent viloyati – 16;

- Farg‘ona viloyati – 9;

- Qashqadaryo viloyati – 8;

- Buxoro viloyati – 6;

- Andijon viloyati – 5;

- Xorazm viloyati – 5;

- Namangan viloyati – 4;

- Navoiy viloyati – 4;

- Samarqand viloyati – 4;

- Surxondaryo viloyati – 3;

- Jizzax viloyati – 3;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2;

- Sirdaryo viloyati – 1.

O‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan tashqari 5271 nafar mehnat faxriysi ham istiqomat qilyapti.

2024 yilda Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har biriga 20 million so‘m miqdorida bir martalik nafaqa to‘lanishi haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga oid