Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xonada gaz hidi yo‘qligiga amin bo‘lmaguncha, elektr jihozlarini yoqmang - “Hududgazta’minot”
Kompaniya ikki konturli isitish qozonlaridan foydalanishda hushyorroq bo‘lishga chaqirdi.
Foto: Kun.uz
“Hududgazta’minot” AJ respublikada elektr energiyasi bilan bog‘liq uzilishlar bois tabiiy gaz iste’molchilariga murojaat bilan chiqdi.
“Hurmatli tabiiy gaz iste’molchilari!
Respublikamiz bo‘ylab elektr energiyasi ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.
Shu sababli xonadoningizdagi gaz jihozlariga yanada e’tiborli bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.
Xonaga kirganingizda gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilmaguncha, elektr jihozlarini yoqmang.
Ko‘p qavatli uylarda o‘rnatilgan zamonaviy elektr jihozlaridan, ikki konturli isitish qozonlaridan foydalanishda hushyorroq bo‘lishingizni iltimos qilamiz.
Agar gaz isitish qozoningiz yerto‘lada joylashgan bo‘lsa, albatta, uni qayta ko‘zdan kechirgan holda foydalaning.
Agar xonadoningizdagi gaz jihozlaridan gaz sizib chiqish holatini sezsangiz, zudlik bilan xonalarni shamollatish choralarini ko‘ring va 104 avariya dispetcherlik xizmatiga murojaat qiling”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Mavzuga oid
17:49 / 12.12.2025
Barcha hududlarda metan zapravkalar ish vaqtiga cheklov kiritildi
19:51 / 04.12.2025
Energetika vazirligi yaratgani iddao qilingan mobil ilova xususiy tadbirkorga tegishli bo‘lib chiqdi
19:17 / 12.10.2025
Metan “zapravka”larga limit qo‘yilgani haqidagi xabarlar asossiz - “Hududgazta’minot”
12:57 / 07.09.2025