1 yanvardan pedagog kadrlarga malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy qilinadi
Malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi.
2024 yil 1 yanvardan davlat maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlariga malaka toifasi berishning yangi tartibi joriy etiladi.
Bunda, malaka toifasini olish bo‘yicha sinovlar bir yilda kamida bir marotaba ikki bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqichda talabgorning mutaxassislik fani va kasb standarti bo‘yicha bilim darajasi, ikkinchi bosqichda –– pedagogik mahorati baholanadi.
2024 yil 1 yanvardan maktabga birinchi marta ishga qabul qilinayotgan o‘qituvchilarni kasbiy sertifikatlash joriy etiladi.
Bunda, 2023-2024-o‘quv yilidan o‘qituvchilar stajyor-o‘qituvchi sifatida ishlaydi va 1 yilda sertifikat olishi talab etiladi.
Mavzuga oid
08:31 / 20.07.2024
O‘zDJTU qoshida pedagoglar malakasini oshirish tarmoq markazi tashkil etiladi
09:21 / 19.04.2024
2024-2025 o‘quv yilida boshqa hududlardan pedagoglar jalb etiladigan maktablar ro‘yxati tasdiqlandi
15:57 / 06.04.2024
Davlat organlari xodimlari uchun Britaniyada malaka oshirish kurslari tashkil etiladi
12:34 / 22.02.2024