Prezident qarori bilan Boş ilmiy-metodik markaz Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş instituti deb qayta nomlandi.
Hujjat bilan institutning asosiy vazifalari belgilandi:
- rahbar va pedagoglarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş böyiça oliy ta’lim taşkilotlarining taşkiliy-metodik faoliyatini muvofiqlaştiriş;
- oliy ta’lim taşkilotlari va akademik litseylar rahbarlari va pedagog kadrlarining malaka oşiriş kurslarini taşkil etiş;
- rahbar va pedagoglarning kasbiy bilim, könikma va malakalarini doimiy takomillaştiriş mexanizmlarini joriy etiş;
- doktorantura yönalişlari böyiça yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlaş;
- qayta tayyorlaş va malaka oşiriş kurslarida ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini tizimli tahlil qiliş va monitoring qiliş böyiça raqamli axborot tizimlarini işlab çiqiş va joriy etiş;
- ilğor xorijiy tajriba asosida öquv rejalari va ta’lim dasturlarini işlab çiqiş;
- ilmiy faoliyatga, ilğor pedagogik tajriba almaşişga yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb etiş.
Vazirlik taşabbusi bilan Özbekiston davlat jahon tillari universiteti qoşida pedagoglarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş tarmoq markazi ham taşkil etiladi.
2024-2025 öquv yilidan boşlab markazda pedagoglar uçun "Filologiya va tillarni örganiş", "Xorijiy til va adabiyot", "Tarjima nazariyasi va amaliyoti" mutaxassisliklari böyiça malaka oşiriş kurslari taşkil etiladi.










