Sport | 21:43 / 30.04.2016
2975
2 daqiqa o‘qiladi

Belgradda fanatlar "Partizan" futbol klubi bosh direktorini do‘pposladilar

Serbiya poytaxti Belgradda "Partizan" futbol klubi stadioni yonidagi avtoturargohda klubning uch fanati klubning bosh direktori Milosh Vazurani qattiq do‘pposladi, deb xabar bermoqda ridus.ru nashri.

Ushbu holat tasvirlangan videoda Vazurani do‘pposlagan fanatlardan tashqari yana ikki kishi tasvirlangan. Aniqlanishicha, ular Vazuraning qo‘riqchisi va haydovchisi bo‘lganlar. Ular mushtlashuvga aralashmaganlar. Ushbu voqea yuzasidan tergov ketmoqda, hozircha zo‘ravonlar aniqlanmagan. "Partizan" fanatlari tazyiqlarga uchrashlari aytilmoqda.

"Muxlislar "Partizan"ning ligadagi natijalaridan umuman norozilar va bunday holatlar shu sababli yuz bermoqda", deb izoh berdi voqeaga Dragan ismli muxlis. Bir hafta oldin ham muxlislar klub rahbariyatiga futbol uchrashuvi vaqtida tuxumlar uloqtirish bilan o‘z noroziliklarini bildirgandilar.

Serbiyalik jurnalist Miodrag Milikich huquq-tartibot muassasalaridagi manbalarga iqtibos keltirgan holda ushbu voqea yuzasidan o‘nlab tintuvlar va so‘roq qilish uchun hibsga olishlar o‘tkazilishini ma'lum qildi.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s