O‘zbekiston | 11:00 / 11.08.2017
18918
3 daqiqa o‘qiladi

Oilada ikki kishi ikkita alohida imtiyozli kredit olishi mumkinmi?

SAVOL: Assalomu alaykum. Prezidentimiz qarorlari asoida berilayotgan imtiyozli kreditlarni oilada ikki kishi ikki yo‘nalishda olsak bo‘ladimi? Masalan, chorva uchun kredit olganmiz, issiqxona barpo etmoqchimiz. Uning uchun alohida kredit olsak bo‘ladimi? Buning qonuniy imkoniyati bormi? Oldindan rahmat.

Umar Xolpo‘latovich Shaydullayev

Bugungi kunda tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlarini, shu jumladan, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarini qo‘llab-quvvatlash hamda qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytirish maqsadida, kam miqdordagi kreditlar uchun ta'minot sifatida jismoniy shaxslarning kafilligini qabul qilish amaliyoti keng qo‘llanilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunining 1-moddasida banklar — yuridik va jismoniy shaxslardan omonatlar qabul qilish hamda qabul qilingan mablag‘lardan tavakkal qilib kreditlash yoki investitsiyalash faoliyatini amalga oshiradigan tijorat tashkiloti ekanligi hamda ushbu Qonunning 20-moddasida banklar bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqil ekanliklari, 31-moddasida banklar va ularning mijozlari o‘rtasidagi munosabatlar shartnomalar asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktabrda qabul qilingan «Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta'minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida»gi PF-4848-sonli Farmonining 5-bandiga muvofiq, bank faoliyatini tartibga solishning zamonaviy tamoyillari va mexanizmlarini joriy etish, davlat organlari tomonidan tijorat banklari faoliyatiga, birinchi navbatda, kredit siyosatiga ma'muriy aralashuvlarining oldini olish va ularga yo‘l qo‘ymaslik belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xatingizda qayd etilgan maqsadga kredit mablag‘lari olish uchun o‘zingiz uchun qulay bo‘lgan tijorat bankiga ariza bilan murojaat qilishingiz mumkinligini bildiramiz.

Savolga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuridik boshqarmasi bosh yuriskonsulti S.Otaxonov javob berdi

Eslatma: «Yuridik xizmat minbari»da savollarga berilayotgan javoblar tavsiyaviy xarakterga ega.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid