A Seriya. Shomurodov zaxiradan maydonga tushib, dubli evaziga «Kalyari»ga g‘alaba keltirdi

Foto: Getty Images
Italiya A Seriyasi 28-turiga kelib Eldor Shomurodov mavsumdagi dastlabki gollarini urdi.
«Kalyari»ning «Salernitana»ga qarshi o‘yinida Raneri 2-bo‘lim boshida Eldor Shomurodovni zaxiradan maydonga tushirdi. Yaqinda jarohatidan tuzalib qaytgan o‘zbekistonlik hujumchi 56 va 76-daqiqalarda gol urib, dubli evaziga «Kalyari»ga muhim g‘alabani keltirdi – 4:2. Bu uning Sardiniya jamoasi safidagi dastlabki gollari bo‘ldi.
Shu tariqa, Shomurodovning gollari evaziga «Kalyari» ochkolari sonini 26taga yetkazib, 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi. «Salernitana» esa 14 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda.
A Seriya. 28-tur
Kalyari – Salernitana 4:2
Gollar: 1:0 – 12 Lapadula, 2:0 – 40 Gaetano, 3:0 – 51 Shomurodov, 3:1 – 56 Kastanos, 3:2 – 58 Madjore, 4:2 – 76 Shomurodov.
Kalyari – Skuffet, Dzappa, Mina, Dossena, Audjyello, Veteska, Nandes (Viola, 66), Yankto (Atssi, 66), Deyola, Makumbu, Gaetano (Eldor Shomurodov, 46), Lapadula (Oristanio, 66).
Salernitana – Ochoa, Dzanoli (Sambiya, 74), Fasio, Manolas (Pirola, 46), Bradarich, Bashich, Kandreva, Kastanos, Kulibali (Gomis, 74), Madjore, Tshauna, Veysman (Nvankvo, 65).
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Jahon savdo tashkilotiga a’zolik yanada jadallashtiriladi
O‘zbekiston | 14:06
-
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda
O‘zbekiston | 14:05
-
G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar, Damashqqa zarba yo‘llagan Isroil va pasaygan OAV erkinligi - kun dayjesti
Jahon | 13:58
-
“Ruhiy bosim o‘tkazgan” - Samarqandda o‘quvchilarni qattiq koyigan o‘qituvchi intizomiy jazo oldi
O‘zbekiston | 13:52