O‘zbekiston | 12:32 / 18.12.2018
7290
2 daqiqa o‘qiladi

FHDYo organlari gerbli guvohnomalarni qanday to‘ldiradi?

Adliya vazirining buyrug‘i bilan 2019 yil 1 yanvardan e'tiboran to‘ldirishning yangi qoidalari kuchga kiradi, deb yozmoqda Norma
  
Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 26.09.2018 yildagi 768-son qaroriga muvofiq, 1.01.2019 yildan boshlab tug‘ilganlik, nikoh tuzilganligi, nikohdan ajralganlik va o‘lim haqidagi gerbli guvohnomalar blankalarini qo‘lda to‘ldirish bo‘yicha talablar bekor qilinadi va ularni AKTdan foydalangan holda faqat bosma harflar bilan to‘ldirish tartibi joriy etiladi.
 
Bunda gerbli guvohnomalarni ular to‘liq ishlatib bo‘lingungacha amaldagi blanklarda rasmiylashtirish va berishga ruxsat etilgan.
 
Hujjat bilan tug‘ilganlik, o‘lim (shu jumladan o‘lim sodir bo‘lgan kun haqida aniq ma'lumot bo‘lmaganda), nikoh tuzilganligi va nikohdan ajralganlik haqidagi guvohnomalarni to‘ldirish, shuningdek takroriy guvohnoma (dublikat) berish tartibi belgilangan.
 
Guvohnomalar texnik vositalar (kompyuter) yordamida to‘ldirilganda 14 o‘lchamli «Times New Roman» shriftidan foydalanilishi kerakligi ham belgilangan.
 
Guvohlik berilayotgan hodisalarning sanalari raqamlar bilan yoziladi.
 
Hujjat 1.01.2019 yildan kuchga kiradi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid