Islom taraqqiyot banki O‘zbekistonda ilk bor TransformersRoadshow tadbirini o‘tkazdi
12-mart kuni O‘zekspomarkaz hududida ITC binosida Islom taraqqiyot banki (ITB) ko‘magida TransformersRoadshow ilmiy tanlovi o‘tkazildi.
Tadbir O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonovning so‘zi bilan boshlandi. U tanlov mamlakatdagi ilmiy tashabbuslarni amalga oshirish uchun ajoyib imkoniyat ekanini ta'kidladi. Shundan so‘ng so‘z ITB Bosh maslahatchisi Hayat Sindinga berildi va u TransformersRoadshow tanlovining ijtimoiy-muhim tashabbusi haqida gapirdi.
Tanlovda jami 50 dan ortiq tadbirkor, olim va innovator ishtirok etdi. 20 ta ariza BRM dasturiga (2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlari), jumladan, innovatsiya, ta'sir va qamrovi, yirikligi, barqarorligi, patentlash va tijoratlashtirish kabi omillarga muvofiq loyihalarni baholash uchun tanlangan. Tanlov ishtirokchilari loyihalarni rivojlantirish, topshirish va amalga oshirish bo‘yicha murabbiylardan mahorat darsini ham qo‘lga kiritdilar.
Tanlovda hay'at va mentorlar sifatida ITB Bosh maslahatchisi Hayat Sindi, LeverageScience kompaniyasi bosh direktori Fil Rondazzo va kompaniya asoschisi Lars Croyer, AlliedCrowds vakili, shuningdek, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov ishtirok etgan. Mutaxassislar turli sohalarda o‘nlab taqdimotlarni tinglab, uchta g‘olibni aniqladi:
1. Zafar Iskandarov (suvni tozalashni yaxshilash loyihasi uchun)
2. Shahlo Miraliyeva (probiotiklar ishlab chiqarishni yaxshilash loyihasi uchun)
3. Guliston O‘razimbetova (Qoraqalpog‘iston Respublikasida sement ishlab chiqarishda xomashyo unumdorligini oshirish loyihasi uchun).
O‘zbekistonda Daun sindromi bo‘lgan bolalarni rivojlantirish markazi tashkil etishni taklif qilgan Hilola To‘xtamuradova tanlovdan tashqari g‘olib deb topildi.
Har bir g‘olib 3000 AQSh dollari sohibi bo‘lib, 2019-yilda Senegalda o‘tkaziladigan TransformersRoadshow sammitiga taklif qilinib, SmartImpactCapital onlayn kursiga o‘qish imkoniyatlari berildi.
«O‘zbekistonda juda ko‘p ixtirochilarni ko‘rishdan mamnunman. TransformersRoadshow jamg‘armasini ishga tushirganimizda, maqsad mahalliy tadbirkorlar va o‘z jamiyatini his qilgan innovatorlar tomonidan ishlab chiqilgan ilm-fan, texnologiya va innovatsion yechimlarni qo‘llab-quvvatlash edi. Biz O‘zbekistonda grant mablag‘laridan ko‘proq ehtiyoj borligini tan olamiz, u yanada barqaror va har tomonlama o‘sishni ta'minlash uchun innovatsion yechimlarga muhtoj», – deydi doktor Hayat Sindi.
TransformersRoadshow’ga 2018-yilning iyul oyida Transform jamg‘armasi tomonidan asos solingan. Jamg‘armaning o‘zi ITBning inson kapitalini yaratish va rivojlantirish bo‘yicha strategik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkil etilgan. Avvalgi tanlovlar Niger, Qozog‘iston va Bangladeshda bo‘lib o‘tdi, unda bank allaqachon to‘qqizta innovatorni mukofotlashga muvaffaq bo‘ldi. Ularning barchasi o‘zlarining g‘oyalari bilan oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom hayot, keng qamrovli va adolatli ta'lim, barqaror suv ta'minoti va sanitariya boshqaruvi, arzon va toza energiyadan foydalanish va rivojlanayotgan dunyoda barqaror sanoatlashtirishga erishishda taraqqiyotni jadal rivojlantirishga yordam beradi.
«Biz butun O‘zbekiston bo‘ylab innovatorlarni qutlashdan mamnunmiz va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ITBning muvaffaqiyati haqida gapirishimiz shart. O‘zbekiston hukumati innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashning boy tarixiga ega va kelgusida ham shunday yo‘l tutadi», – O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov.
Islom taraqqiyot banki 40 yildan ortiq vaqt mobaynida keng miqyosda ijobiy ta'sir ko‘rsatadigan jamoalarning hayotini yaxshilash uchun ishlaydigan xalqaro moliyaviy tashkilot. Bankning bosh ofisi Jidda (Saudiya Arabistoni) da joylashgan, shuningdek, Marokash, Malayziya, Qozog‘iston va Senegaldagi yirik markazlarga, shuningdek, Misr, Turkiya, Indoneziya, Bangladesh va Nigeriyada ofislarga ega. ITB dunyoning har beshinchi aholisining hayotiga ta'sir qiluvchi to‘rtta qit'ada 57 a'zo davlatlarni birlashtiradi.
O‘zbekiston 2003 yilda ITBga a'zo bo‘ldi. Bugungi kunda ITB O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash, ta'lim, irrigatsiya va melioratsiya, energetika, suv ta'minoti, kommunal xo‘jalik, yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash sohalarida 20 dan ortiq loyihani amalga oshirdi.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:39 / 08.04.2021
O‘zbekiston va Islom taraqqiyot banki hamkorligida 100 mln dollarlik jamg‘arma tashkil etilishi kutilmoqda
16:35 / 09.03.2021
Islom taraqqiyot banki prezidenti may oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilyapti
14:32 / 03.02.2021
2021 yilda O‘zbekistonda Islom taraqqiyot banki boshqaruvchilari kengashining yillik anjumani o‘tkaziladi
08:14 / 21.12.2020