Putin Mirziyoyevni saylovdagi «ishonchli g‘alaba» bilan tabrikladi. MSK saylov natijalarini hali e'lon qilmagan
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekiston prezidenti saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan tabrikladi, deb xabar berdi Kreml.
«Telefon orqali muloqot chog‘ida Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevni prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan qizg‘in tabrikladi.
Ular Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarining butun majmuasini har tomonlama rivojlantirishga o‘zaro moyilligini tasdiqladilar», deyiladi rasmiy xabarda.
Putin Mirziyoyev nomiga tabrik telegrammasi ham yo‘llagan.
Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Sherzod Qudratxo‘ja Kun.uz muxbiri so‘roviga javoban bu holat bo‘yicha munosabatini bildirdi.
«Prezident saylovi yakuni hali e'lon qilinmadi. Rossiya OAV tomonidan e'lon qilingan ma'lumotda noaniqlik bor. O‘zbekiston prezident saylovida kim g‘olib bo‘lganini Markaziy saylov komissiyasi soat 16:00da ma'lum qiladi», deydi u.
MSK a'zosi Kreml saytida e'lon qilingan xabarga Markaziy saylov komissiyasi hech qanday munosabat bildirmasligini ta'kidladi.
«Bu bo‘yicha O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati munosabat bildirishi kerak. Chunki bu ularning ishi», dedi u.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Yevronyus» O‘zbekiston prezidentligi saylovida Shavkat Mirziyoyev ikkinchi muddatga qayta saylangani haqida xabar e'lon qilgandi, ammo Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati ushbu ma'lumot haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ta'kidlagandi.
Rasmiy natijalar bugun soat 16:00da e'lon qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:52 / 14.09.2024
YeI Putinning so‘zlaridan keyin Ukraina uchun qurol bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirmadi
18:00 / 13.09.2024
Britaniya bosh vaziri Putinga: «Urushni Rossiya boshlagan va darhol tugatishi mumkin»
22:25 / 12.09.2024
Rossiyaga yuqori aniqlikdagi G‘arb qurollari bilan zarba berish NATO urushda bevosita ishtirok etishini anglatadi – Putin
10:05 / 12.09.2024