«Yevronyus» 24 oktabr kuni bölib ötgan Özbekiston prezidentligi saylovida Şavkat Mirziyoyev ikkinçi muddatga qayta saylangani haqida xabar e'lon qildi. Ammo bu xabar faktlarga asoslanmagan.

«Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev ikkinçi muddatga qayta saylandi. Yakşanba kuni bölib ötgan, saylovçilarning 80 foizi iştirok etgan saylovning dastlabki natijalariga köra, u 90 foiz ovoz töplagan. Ovoz berişning rasmiy natijalari oy oxirigaça e'lon qilinişi kerak.

...Özbekistonning eng nufuzli Liberal-demokratik partiyasidan taşqari, mamlakatda rasman faoliyat yuritayotgan yana törtta siyosiy kuç mavjud bölib, uşbu partiyalar tomonidan ilgari surilgan nomzodlar ham prezidentlik lavozimiga da'vogarlik qilgan. Kuzatuvçilarning ta'kidlaşiça, saylov jarayonlarida muxolif partiyalarning iştirokiga ruxsat berilmagan va Şavkat Mirziyoyevning bölajak ğalabasiga heç kim şubha qilmagan», deyiladi xabarda.

Ammo saylov natijalari hali rasman e'lon qilinmagan va natijalar oy oxirigaça kuttirmaydi ham.

Markaziy saylov komissiyasi axborot xizmati rahbari Jaloliddin Usmonov ham Kun.uz söroviga javoban uşbu ma'lumot haqiqatga töğri kelmasligini ta'kidladi.

«Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston Respublikasi prezidenti saylovining dastlabki natijalari e'lon qilinganligi haqida xabar tarqatilmoqda. Bu xabar haqiqatga mutlaqo töğri kelmaydi. Prezident saylovining dastlabki natijalari bugun Toşkent vaqti bilan soat 16:00da Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxöjayev tomonidan e'lon qilinişini yana bir karra eslatib ötamiz», dedi MSK vakili.

Özbekistonda oltinçi prezidentlik saylovi 24 oktabr kuni soat 08:00dan soat 20:00ga qadar bölib ötdi, MSK ma'lumotlariga köra, saylovda davomat 80,8 foizni taşkil etgan (16 036 914 nafar saylovçi).

Saylovçilar röyxatiga jami 19 million 859 ming 127 nafar saylovçi kiritilgan. Saylov kodeksining 97-moddasiga köra, prezident saylovining yakuniy natijasi haqidagi Markaziy saylov komissiyasi qarori saylovdan keyin ön kundan keçiktirmay qabul qilinadi va MSK rasmiy veb-saytida va boşqa manbalarda e'lon qilinadi.

Saylovda kuraş «Milliy tiklaniş»dan partiya yetakçisi Alişer Qodirov, ÖzLiDePdan amaldagi prezident Şavkat Mirziyoyev, «Adolat» SDPdan partiya rahbari Bahrom Abduhalimov, Ekopartiyadan partiya raisi Narzullo Oblomurodov va XDPdan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova örtasida keçdi.