Texnologiya | 20:52 / 08.10.2016
10609
1 daqiqa o‘qiladi

Microsoft kompaniyasi Paint dasturiga uch o‘lchovli rasmlar chizish funksiyasini qo‘shadi

Foto: vc.ru

Microsoft kompaniyasi Paint dasturining uch o‘lchovli rasmlar chizish imkoniyatini beruvchi yangi versiyasini tayyorladi. Kompaniya yangi grafik muharrirni rasman taqdim qilmadi, biroq Paint’ning yangi versiyasi taqdimoti videosi WalkingCat tomonidan tvitterda joylashtirildi.

Taqdimotdan ko‘rinishicha, yangi Paint’da ikki o‘lchovli obektlarni chizib, ularni maxsus funksiya yordamida uch o‘lchovli obektlarga aylantirish mumkin. Shuningdek, dasturda bevosita uch o‘lchovli jismlar ustida chizish imkonini beradigan asbob hamda boshqa foydalanuvchilar tomonidan yaratilgan jismlarni olish mumkin bo‘ladi. Yangi Paint chiqishi sanasi ma'lum qilinmagan.

Microsoft Paint dasturi Windows operatsion tizimining barcha versiyalari tarkibiga kiritilgan. Juda qulay bo‘lgan bu dastur operatsion tizim bilan taqdim qilinadigan eng ommabop dasturlardan biri hisoblanadi.