Polsha o‘zbekistonliklar uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin
O‘zbekiston elchisi va Polsha TIV rahbari o‘rinbosari mehnat migratsiyasi masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston elchisi Amirsaid A’zamxo‘jayev Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Moshchitska-Dendis bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda "Dunyo".
Suhbat chog‘ida konsullik-huquqiy sohadagi O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi. Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.
Joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o‘rtasida 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar mehnat migratsiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga e’tibor qaratdi.
Mavzuga oid
19:10 / 30.09.2024
Polsha prezidenti fuqarolarni haqorat qilgani uchun sudga chaqiriladi
15:20 / 28.09.2024
Polsha O‘zbekiston telekommunikatsiya operatorlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
13:42 / 28.09.2024
Urganchda O‘zbekiston – Polsha biznes-forumi o‘tkazildi
00:21 / 27.09.2024