Taşrif davomida Urganç şahrida Özbekiston - Polşa biznes-forumi ötkazildi.
Tadbir davomida ikki tomonlama siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-kommunikatsiya, madaniy-gumanitar va boşqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantiriş istiqbollari muhokama qilindi, tomonlarni qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr almaşildi.
Iştirokçilar e’tiboriga Xorazm viloyatining investitsion salohiyati taqdimoti namoyiş etildi va mamlakatlar örtasidagi savdo-iqtisodiy sohada sönggi yillardagi erişilgan körsatkiçlar böyiça ma’lumotlar taqdim etildi.
Xususan, 2023 yil yakuniga köra, faqatgina Xorazm viloyatining Polşa bilan savdo aylanmasi 8 million AQŞ dollarini taşkil etgani va 2023 yilda Xorazm viloyatiga 6 ming nafar polyak turisti kelgani, 2024 yil sentabr holatiga köra, bu körsatkiç 8 ming kişiga yetgani ta’kidlandi. Bu ösiş polyak fuqarolarining mintaqaga, jumladan, Özbekistonga bölgan qiziqişi ortganini körsatayotganiga alohida urğu berildi.
Forum yakunida Urganç şahar hokimi Bunyod Rajabov va Polşaning Belostok şahri meri Tadeuş Truskolaski turli sohalarda özaro manfaatli aloqalarni rivojlantiriş maqsadida hududlararo hamkorlik örnatiş böyiça bitim hamda Xorazm viloyati va Podlyask voyevodligi Savdo-sanoat palatalari örtasida memorandumlar imzolandi.
Tadbirning rasmiy qismidan söng mebelsozlik, elektrotexnika, agrosanoat, baliqçilik, yöl qurilişi, hamda transport va logistika sohalaridagi yirik mahalliy işlab çiqariş korxonalari faoliyati bilan taniştiriş va hamkorlikni yölga qöyiş maqsadida V2V formatidagi uçraşuvlar taşkil etildi.
Ötkazilgan V2V uçraşuvlarida Belostok şahri işbilarmon doira vakillari mahalliy hamkorlar bilan Xorazm viloyatida sut mahsulotlarini qayta işlaş, qişloq xöjaligi uçun kiçik turdagi texnikalarni işlab çiqariş hamda transport va logistika yönalişlarida hamkorlikda loyihalarni amalga oşiriş böyiça birlamçi kelişuvlarga erişildi.








