O‘zbekiston | 20:57 / 22.05.2024
7141
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov AQSh davlat kotibi o‘rinbosari bilan uchrashdi

Uzra Zeya bilan uchrashuvda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligi masalalari muhokama qilindi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 22 may kuni AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Uzra Zeya boshchiligidagi AQSh delegatsiyasi bilan uchrashdi. 

«Amerika tomoni xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, OAV va so‘z erkinligini ta’minlash, shuningdek, fuqarolik jamiyati hamda NNT faoliyati samaradorligini oshirish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan sa’y-harakatlarni to‘liq qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi», deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov bir hafta avval AQShning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashgan edi.

Mavzuga oid