Tramp jamoasi AQŞ qöşinlarini Afğonistondan olib çiqiş qaroriga aloqador şaxslar röyxatini tayyorlamoqda va ularni tribunalga beriş imkoniyatlarini örganmoqda. Bu haqda NBC News xabar berdi.
Telekanal suhbatdoşlaridan biri Amerika qöşinlarining 2021 yilda Afğonistondan olib çiqilişini tekşiriş, xususan, uşbu qarorga aloqador şaxslar haqida ma’lumot töplaş böyiça komissiya tuziş rejalari haqida gapirgan. Tramp jamoasi bu harbiylarni davlatga xiyonatda ayblaş, harbiy tribunalga tortiş imkoniyatini aniqlaş niyatida.
«Ular [Tramp jamoasi] bunga juda jiddiy qaramoqda», deb ta’kidladi kanal suhbatdoşlaridan biri.
Biroq, NBC News telekanalining ta’kidlaşiça, masalaning huquqiy tomoni, jumladan, davlatga xiyonat ayblovi noaniq qolmoqda, çunki AQŞ harbiylari amaldagi prezidenti Jo Baydenning buyruğini bajargan.
AQŞ 2001 yil 11 sentabr teraktlaridan keyin Afğonistonga qöşin yubordi. Ularning nişoni uşbu hujumlar uçun mas’ul «Al-Qoida» guruhi edi. Tramp missiyani tugatiş böyiça birinçi kelişuvni 2020 yilda imzoladi. Qöşinlarni olib çiqiş bir yil ötib, Bayden davrida amalga oşirildi. Amerikaliklar ketganidan keyin Afğonistondagi hokimiyat «Tolibon» harakati tomonidan qölga olindi.
Bayden «Tolibon»ni tan olişdan boş tortdi. Qöşma Ştatlar va uning ittifoqçilari «Tolibon»dan inson huquqlari va mintaqada terrorçi guruhlarning köpayişi muammolarini hal etişni talab qilmoqda.








