Jamiyat | 17:10 / 28.07.2015
2905
2 daqiqa o‘qiladi

Sochida ilk marta «Novaya volna» musiqiy tanlovi o‘tkaziladi

«Novaya volna» musiqiy tanlovi ilk marta Sochi kurort shahrida bo‘lib o‘tadi. Kontsert maydoni dengiz porti yaqinida tashkillashtiriladi, deb yozadi TASS Sochi hokimligi matbuot xizmati ma'lumotlariga tayanib.

«Maydonga sahna tomoshabinlar o‘tirishi uchun maxsus joylar va shuningdek, tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish uchun barcha zarur sharoitlar yaratiladi. Bu borada sentabrdayoq ishlar boshlanadi», deydi shahar meri.

Mazkur tadbir 2002 yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan bo‘lib muntazam ravishda Yurmalada bo‘lib o‘tayotgandi. Bu yilgi tadbirning Sochiga ko‘chirilishiga Latviya davlatiga siyosiy sabablar tufayli rossiyalik taniqli san'at ahli vakillari Iosif Kobzon, Valeriya va Oleg Gazmanovning kiritilmasligi sabab sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.

«Novaya volna 2015» 2-11 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda dunyoning 12 davlatidan 16 nafar finalchi yoshlar ishtirok etishadi.