Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston kishi boshiga YaIM bo‘yicha Rossiyadan o‘tib ketdi
2015 yilning birinchi yarmi yakunlariga ko‘ra Qozog‘iston iqtisodiyoti kishi boshiga yalpi ichki mahsulot ko‘rsatkichlari bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketdi. Bashoratlarga qaraganda, yil yakunlariga ko‘ra Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich kishi boshiga 12 424 dollarni, Rossiyada esa 11 975 dollarni tashkil qiladi. Bu ma'lumotlar NB.kz nashri tomonidan keltirildi.
Rossiya iqtisodiyot G‘arbning sanksiyalari bois murakkab vaziyatga uchradi va endilikda bir qator jiddiy qiyinchiliklarni boshidan kechirmoqda. Bu birinchi navbatda energiya xom ashyosiga bo‘lgan narxlarning tushib ketishi hamda shundan kelib chiqqan rubl kursining dollarga nisbatan kuchsizligi bilan bog‘liqdir. OPeK bashoratiga ko‘ra, Rossiyada YaIM 2015 yili 2.8 foizga qisqaradi va 1.755 trln dollarni tashkil qiladi, bu dollarning 59 rublga teng kursi bilan hisoblaganda 103.6 trln rublni tashkil qiladi. Rossiya aholisi soni eng kamida 146.6 mln kishini tashkil qiladi, shu tariqa jon boshiga YaIM 706.5 ming rubl yoki 11 975 dollarga teng bo‘ladi. Bu ko‘rsatkichning tushib ketishi nafaqat makroiqtisodiy fonning buzilishi, balki aholining Qrim va Sevastopol hisobiga 2.3 mln kishiga ko‘paygani bilan ham bog‘liqdir.
O‘z navbatida, Qozog‘istonda YaIM Osiyo taraqqiyot banki bashoratiga ko‘ra 1.9 foizga oshib, 216.3 mlrd dollarni tashkil qiladi. Bu o‘rtacha 1 dollar – 189 tanga kursi bo‘yicha 40.9 trln tangani deganidir. Aholining yiliga 1.5 foizga oshishi e'tiborga olinsa, yil yakunida qozog‘istonliklar soni 17.7 mln kishini tashkil qiladi, jon boshiga YaIM esa 2.4 mln tanga yoki 12 424 dollarni tashkil qiladi.