YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borishi tizimidan bosqichma-bosqich voz kechiladi
Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi 2021 yilda davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati sohasida amalga oshirilishi ko‘zlangan istiqbolli rejalar to‘g‘risida ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kun talablarini, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda, xizmat olib borish uchun qulay, zamonaviy va ixcham bo‘lgan, yo‘l-patrul xizmati xodimlarining farqlovchi belgilari taqilgan yangi xizmat kiyim-bosh namunalari sinovdan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda respublikadagi barcha YPX xodimlarini yangi namunadagi kiyim-bosh bilan ta'minlash ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari, YPX xodimlarining piyoda xizmat olib borishi tizimidan bosqichma-bosqich voz kechish mo‘ljallanmoqda.
Bunda YPX xodimlarining faqat qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda aniqlash qurilmalari bilan jihozlangan patrul avtomobillarida xizmat olib borishini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
15:12 / 03.08.2021
Bu safar qizil «Malibu». YPX xodimi «yuqoridan telefon» tufayli qoidabuzar ayolni qo‘yib yubordi
14:13 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimiga «Qora Malibu»ni qo‘yib yuborishni buyurgan komandirga chora ko‘rilgani ma'lum qilindi
10:52 / 02.08.2021
Olmaliqda YPX xodimi «yuqoridan kelgan» buyruq bilan qoidabuzar haydovchini qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldi
20:51 / 01.07.2021