Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Ara smartfoni 2016 yilda ishlab chiqariladi
«Qachon? 2016», — xuddi mana shu talqindagi tvit Project Ara smartfoninining Twitter akkauntida yozib qoldirilgan.
Mazkur qurilmaning faqatgina keyingi yilda ishlab chiqarilishiga asosiy sabab unga bo‘lgan ehtiyojni avvaliga o‘rganib olish zarur edi, deb yoziladi smartfonning tvitterdagi sahifasida.
Hozirda mazkur loyiha o‘zi uchun AQShdan «yangi joy» qidirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2015 yilning may oyida bo‘lib o‘tgan Google I/O konferensiyasi davomida Project Ara loyihasining ishlaydigan prototipi namoyish etilgan. Uning tarkibida smartfonni yoqmasdan turib kameraga ulanish imkoniyatini beruvchi funksiyasi ham borligi namoyish qilingandi.