Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor Samarqand va Toshkentda 3D-mapping lazer shousi namoyish etiladi
Nemis mutaxassislari guruhi Samarqandda Registon maydoni va Toshkentda Alisher Navoiy nomidagi Milliy bog‘da noyob lazer shou uchun maxsus qurilmani o‘rnatish ishlarini yakunlashmoqda.
Bu yerlarda O‘zbekistonda ilk bor 3D-mapping lazer shousi namoyish etiladi. Yorug‘lik va ovoz bilan sinxronlashtirilgan 3D-animatsiya o‘zidan uning transformatsiyasi illyuziyasini hosil qiluvchi relefli obektga proyeksiyani namoyon etadi. Shou germaniyalik mutaxassislar tomonidan namoyish qilinadi. Bu texnologiya optik illyuziyalarni yaratish imkonini beradi va statik obektlarni harakatlantiradi.
Samarqandda lazer shou yubiley sondagi “Sharq taronalari” X Xalqaro musiqa festivali paytida namoyish qilinadi. 20 daqiqalik shou insoniyat tamaddunining tarixi haqida milliy mentalitetimiz va Buyuk ipak yo‘li nuqtai nazaridan so‘zlab beradi. Ushbu shou uchun musiqani o‘zbekistonlik bastakorlar A.Ikramov va D.Yanov-Yanovskiy yozishgan. Ularning asarlari Yoshlar simfonik orkestri va “So‘g‘diyona” o‘zbek davlat milliy cholg‘ulari kamer orkestri tomonidan ijro etiladi. Bu shouning yana bir jihati shundan iboratki, shou asosiy dunyo tillariga dublyaj qilinadi, deb xabar bermoqda “Samarkandskiy vestnik” nashri.
Toshkentda shou Mustaqillik kuni namoyish qilinadi.