O‘zbekiston | 17:15 / 25.08.2015
12835
2 daqiqa o‘qiladi

4 nafar madaniyat va jamoat arboblariga "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni topshirildi

O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasida davlat va xalq oldidagi ulkan xizmatlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalardagi ko‘p yillik fidokorona mehnati hamda yosh avlodni vatanparvarlik va istiqlol g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi uchun 4 nafar madaniyat va jamoat arboblariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan "O‘zbekiston Qahramoni" unvoni berilib, oliy nishon – "Oltin yulduz" medali topshirildi

Ganiyeva Suyima Ganiyevna – Toshkent davlat sharqshunoslik institutining «Mumtoz filologiya» kafedrasi professori, Toshkent shahri 

Sanakulov Kuvondik – "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" davlat korxonasi bosh direktori, Navoiy viloyati 

Topvoldiyev Tavakkal Temirovich – «Nuroniy» jamg‘armasining Andijon viloyati bo‘limi raisi

Hosilov Avaz – Kattaqo‘rg‘on tumanidagi "Hosil" fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Samarqand viloyati