Jahon | 09:55 / 05.09.2015
2609
1 daqiqa o‘qiladi

“Narzan” Xitoyga yiliga 100 mln shisha suv yetkazib beradi

Rossiyaning Kislovodsk shahrida joylashgan “Narzan” MChJ Xitoyning Jiangsu Sainty kompaniyasi bilan mamlakatga mineral suv yetkazib berish bo‘yicha kelishuv imzoladi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

“Uning chet eldan mamlakatga mineral suv olib kirishga barcha zaruriy litsenziyalari bor, - dedi kompaniya prezidenti o‘rinbosari Aleksandr Zobkov. - Sainty bizning Xitoydagi bosh distribyutorimiz bo‘ladi”.

Uning ta'kidlashicha, Xitoyning suv bozori yiliga 20 mlrd l hajmga ega. Kompaniya ushbu bozorga yiliga 75 mln l suv, yoki 100 mln shisha yetkazib beradi.