AQShda Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidentiga viza berish rad etildi
Rossiya sport kurashi federatsiyasi prezidenti va Birlashgan kurash olami (UWW) vide-prezidenti Mixail Mamiashviliga AQShga kirishga viza berish rad etildi.
“Istalgan sport turi bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilari uchun ishtirokchilar va rasmiy shaxslarni viza bilan ta'minlash asosiy shartlardan biri hisoblanadi. UWW prezidenti Nenad Lalovich, Rossiya va AQSh Olimpiya qo‘mitalarining barcha sa'y-harakatlariga qaramasdan, buyuk kurashchi va nufuzli sport rahbarlaridan biri Mixail Mamiashviliga AQShga qirishga viza berish rad etildi. Las-Vegasda o‘tkaziladigan jahon chempionati Olimpiada-2016 ga asosiy litsenziya beriluvchi musobaqa hisoblanadi va bu holat uning mavqeini yanada muhimroq qiladi. Shu tufayli Mamiashvilining Las-Vegasda bo‘lmasligi Rossiya terma jamoasi uchun jiddiy sinov bo‘ladi.
Ishonchim komilki, bu qaror kurash dunyosidan bildirilmayapti. Biz AQShlik kurashchilar bilan birga kurash sport turining Olimpiya dasturida saqlanib qolishi uchun yelkama-yelka g‘alabali kurash olib bordik va o‘z sportimizni takomillashtirishda davom etmoqdamiz. Aminmanki, AQSh kurash federatsiyasi viza masalasini hal qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga soldi. Biroq shuni aytishim kerakki, siyosat yana bir bor sport va sog‘lom fikrdan ustun keldi”, deb aytdi Rossiya sport kurashi federatsiyasi vitse-prezidenti, federatsiya stats-kotibi Georgiy Bryusov. Uning bu so‘zlari tashkilotning rasmiy saytida keltirib o‘tildi.
7-12 sentabr kunlari Las-Vegasda yunon-rim, ayollar va erkin kurash bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.