Sport | 11:20 / 08.09.2015
4859
2 daqiqa o‘qiladi

Buffon Italiya terma jamoasidagi debyutini Moskvadagi "loy jangi"da o‘tkazgan

6 sentabr kuni Italiya terma jamoasi darvozaboni Janluidji Buffon Bolgariyaga qarshi Yevro-2016ga saralash o‘yinida maydonga tushdi. U bu o‘yinda bir qator seyvlar amalga oshirib, terma jamoasining Fransiyadagi 2016 yilgi Yevropa chempionati tomon yaqinlashishiga hissa qo‘shdi.

Shu tariqa, 37 yoshli posbon milliy terma jamoa tarkibida 150-o‘yinini o‘tkazdi. U jamoaning rekordichisi sanaladi va Fabio Kannavaro (136ta o‘yin) va Paolo Maldinini (126 o‘yinchi) ortda qoldirishga muvaffaq bo‘lgan.

Qayd etish joizki, Buffon 18 yil oldin, 1997 yilning kuzida Moskva shag‘rida Italiya terma jamoasi safida ilk marta maydonga tushgandi. Bu o‘yin 1998 yili Fransiyada o‘tkazilgan Jahon chempionati saralashi doirasida o‘tkazilgan.
Bu o‘yinning birinchi taymida "moviy gvardiyachilar"ning asosiy darvozaboni Janluka Palyuka jarohat oldi va "Dinamo" o‘yingohiga 19 yoshli iste'dod Janluijji Buffon tushib keldi.
Bu o‘yin 1:1 hisobida yakunlangan, javob uchrashuvida esa Italiya 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, Fransiya mundialiga yo‘l olgandi.

Ma'lumot uchun, jahon rekordini takrorlash uchun Buffon Italiya termasi safida yana 34ta o‘yin o‘tkazishi lozim. Misr terma jamoasining sobiq futbolchisi Ahmad Hasan o‘z vaqtida miliiy terma jamoa tarkibida 184ta o‘yinda maydonga tushgan.