Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yangi tipdagi 93ta kiosk ish boshladi
2015 yilda “Matbuot tarqatuvchi” aksiyadorlik kompaniyasi tizimidagi matbuot tarqatish shoxobchalarining 716 tasi joriy, 181tasi kapital ta'mirlandi. Bu haqda UzA nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, aholi gavjum joylarda 146 shoxobcha hamda Toshkent shahrida yangi tipdagi kiosklardan 93tasi joylashtirildi.
Shuningdek, kompaniya tizimidagi korxonalarda foydalanilayotgan avtomashinalardan 66tasi ta'mirlanib, 35 yangi avtotransport sotib olindi. Joriy yilda yana 30 yangi avtomashina xarid qilish bo‘yicha shartnomalar imzolangan.
Aholi gavjum joylardagi 840 kioskda 2016 yil uchun obuna qilish yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, “O‘zbekiston pochtasi” aksiyadorlik jamiyatining barcha bo‘linmalari, shuningdek, aloqa bo‘limlarida obuna ishlari olib borilmoqda.