Jamiyat | 16:00 / 18.09.2015
6695
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: General Nazarzodaning tanasi qarindoshlariga topshiriladi

Tojikiston hukumati isyonchi general, Romit darasidagi operatsiya chog‘ida o‘ldirilgani aytilayotgan Abduhalim Nazarzodaning tanasini uning qarindoshlariga topshiradi. Bu haqda mahalliy radiostansiya axborotiga tayangan holda Interfaks agentligi xabar bermoqda.

Generalning qarindoshlaridan biri aytganidek, ular birgalashib hokimiyat vakillariga murojaat qilgan va tanalar 18 sentabr kuni topshirilishini aniqlashgan.
Aytilishicha, Dushanbeda maxsus operatsiya chog‘ida o‘ldirilgan isyonchilarning sud tibbiy ekspertizasi yakunlangan. Faqat bitta marhumning shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan. U chet el fuqarosi ekanligi taxmin qilinmoqda.