Iqtisodiyot | 17:14 / 18.09.2015
2271
1 daqiqa o‘qiladi

Londonda elita ko‘chmas mulk obektlari savdosi rekord darajada pastladi

Britaniya poytaxti London shahridagi elita ko‘chmas mulk obektlari savdosi 2008 yilgi inqirozlar davridan buyon rekord darajada pastladi, deya xabar berdi Bloomberg.

2015 yil avgust oyida Londonning nufuzli Naytsbrij va Notting Hill tumanlarida Huntly Hooper Ltd. kompaniyasi ma'lumotlarga ko‘ra, 814ta oldi-sotti savdosi amalga oshirildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 15 foiz kam demakdir. Bu kabi past ko‘rsatkich so‘nggi bor 2008 yilda kuzatilgan edi.

Bir kvadrat fut (1 kvadrat metr 10,7 kv futga teng)ning o‘rtacha bahosi 4,4 foizga yoki 1426 yevrogacha qisqardi.

Savdolar hajmining pasayishi 2015 yil dekabr oyidan 1,5 mln yevrodan qimmat ko‘chmas mulk uchun qo‘shimcha 12 foizlik soliq joriy etilishi bilan bog‘lanmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish