Jahon | 08:50 / 30.09.2015
1446
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniya: G7 BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratadi

“Kuchli yettilik” guruhi davlatlari YeI va Fors ko‘rfazidagi hamkorlari bilan kelishgan holda BMT qochqinlarga yordam ko‘rsatishiga 1.8 mlrd dollar ajratishga qaror qildi. Bu haqda Germaniya tashqi ishlar vaziri Frank-Valter Shtaymayyer bayonot berdi.

“Biz BMTning xalqaro gumanitar tashkilotlariga qochqinlarga yordam ko‘rsatilishi uchun 1.8 mlrd dollar ajratishga qaror qildik”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.