Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Angliya va Uelsda mashinalarda bolalar bor holatda chekish taqiqlanadi
Angliya va Uels hududida mashinalarda voyaga yetmagan bolalar bo‘lgan holatlarda tamaki mahsulotlari chekish taqiqlanadi. Bu haqdagi qonun 1 oktabr kunidan boshlab kuchga kirdi.
Ushbu qonunga rioya qilmagan shaxslar 50 funt sterling miqdoridagi jarima bilan jazolanadi. Politsiyaning va'da berishicha, dastlabki oylarda qoidabuzarlarga nisbatan yon berishlar bo‘ladi va birinchi holatdayoq jarima qo‘llanmasdan, shunchaki ogohlantirish beriladi. Shuningdek, bunday holatlarda oynani ochgan holatda chekish ham qoidabuzarlik sifatida baholanishi aytilgan.
Britaniyalik tadqiqotchilarning aniqlashicha, sigaretdan chiqqan tutun garchi oynalar ochiq holda bo‘lsada, mashinani 2,5 soatgacha tark etmaydi.
Statistik ma'lumotlarga ko‘ra, Buyuk Britaniyada shifokorlarga har yili chekuvchilar yonida bo‘lib aziyat chekkan 300 ming kishi murojaat qiladi. Shuningdek, yiliga 9,5 ming bola passiv chekish tufayli shifoxonaga yotqiziladi.
Joriy qilingan qonun kabrioletlarga va elektron sigaretalarga ham taalluqlidir.
Ma'lum qilinishicha, Shotlandiyada ham shunday tartibotlar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda. Qayd etilishicha, shotlandlar ham shu yilning o‘zida bunday qonunni joriy qilishadi.
Shimoliy Irlandiya vakillari esa bu qonunni Buyuk Britaniyada qanday natijalarga erishishiga ko‘ra qabul qilishmoqchi.