O‘zbekiston | 17:47 / 09.10.2015
3506
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyati aholisiga 16 ming tonnadan oshiq suyultirilgan gaz yetkazib berildi

Farg‘ona viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik davomida shu kunga qadar 319ta ko‘p qavatli uylarda ta'mirlash ishlari olib borildi.

UzA xabariga ko‘ra, shahar va tumanlardagi 12 qozonxona, 25 qozon, 7,8 kilometr issiqlik, 74,5 kilometr ichimlik suvi, 11,8 kilometr gaz, 7 ming 238 kilometr elektr tarmoqlarida joriy va mukammal ta'mirlash ishlari to‘liq yakuniga yetkazildi.

Tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash maqsadida 7 ming 860 tabiiy gaz taqsimlash qurilmasi taftish qilindi, qariyb 42 kilometrlik gaz quvuri havo bosimi yordamida tozalandi, 385 kilometr yer osti gaz quvuri tekshirildi.

Shuningdek, aholiga 16 ming tonnadan ziyod suyultirilgan gaz yetkazib berildi. Iste'molchilarni suyultirilgan gaz bilan ta'minlashni yaxshilash maqsadida Buvayda va Qo‘shtepa tumanlarida gaz to‘ldirish shoxobchalari va O‘zbekiston, Farg‘ona tumanlarida servis markazlari qurish ishlari yakunlanmoqda.