Jamiyat | 21:13 / 10.10.2015
4108
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent Vestminster universitetini 320 nafar bakalavr tamomladi

9 oktabr kuni Toshkent Vestminster universiteti bitiruvchilari sharafiga bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi, deb ma'lum qilmoqda “Turkiston press” MAA. U ingliz oliy o‘quv yurtining ana'nalariga mos ravishda o‘tdi.

Har yili universitetda tashkil etiladigan bitiruv oqshomiga oliy o‘quv yurtining Londondagi rahbariyati tashrif buyuradi. Bu safar marosimga universitetning global rivojlanish bo‘yicha prorektori professor Aleksandra Xyus mehmon bo‘ldi.

Shuningdek, marosimda xalqaro biznes va menejment (MA in International Business and Management) hamda pedagoglar uchun maxsus dastur (PG Cert of Special Study in Learning and Teaching) yo‘nalishlarida magistr ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari ham qatnashishdi.

“Universitet 2002 yilda tashkil topgan va bugun 11-bitiruv marosimini o‘tkazyapti. O‘tgan 13 yil davomida universitetni 1300 nafar bitiruvchi tamomladi. Ular bugun respublikamiz va jahon mamlakatlari iqtisodiy taraqqiyotiga munosib hissalarini qo‘shib kelishmoqda”, - dedi marosimda oliy o‘quv yurti rektori.