Jamiyat | 21:22 / 13.10.2015
4916
1 daqiqa o‘qiladi

Karmanada oshiqlar o‘z qarindoshlarini tunab ketishdi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida o‘zaro ahdu paymon qilgan yigit-qiz qarindoshlarining boyliklariga ko‘z olaytirib, ko‘p miqdordagi moddiy qimmatliklarni o‘g‘irlashdi. Bu haqda “Postda” gazetasi xabar bermoqda.

Hamid va Marjona maktabdan sevishib yurishgan. Bir kuni Hamid Marjonaning amakisi 3 ming dollar to‘plab qo‘yganini eshitib, qizni o‘g‘rilikka ko‘ndirgan. Qiz amakisining uyiga kirib, bu pullarni olib chiqqan.

O‘g‘rilikka o‘rganib qolgan oshiqlar endi Marjonaning o‘z uyiga kirishga qaror qilishgan. Marjona uy kalitini Hamidga olib bergan. U do‘sti Odil bilan qizning uyiga kirib, 28 mln so‘m pul va 15 mln so‘mlik zargarlik buyumlarini olib chiqib ketishgan.
Jinoyatchilar pullarni taqsimlayotganida shahar xiyobonida qo‘lga olingan.