O‘zbekiston | 19:25 / 14.10.2015
4831
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatidagi avtoparklar yangi avtobuslar bilan to‘ldiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2020-sonli Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyatini yanada yaxshilash va aholiga sifatli avtotransport xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan avtotashuvchilar tomonidan “ISUZU” rusumli avtobuslarni sotib olish rejalashtirilgan.

Jumladan, Toshkent viloyati Zangiota tumanida joylashgan “Buyuk Turon trans” MChJ avtoparkini yangilash va aholiga sifatli avtotransport xizmatini ko‘rsatish maqsadida “ISUZU SAZ NQR 71PL" rusumli zamonaviy yuk avtomobilini sotib oldi.

“Buyuk Turon Trans” mas'uliyati cheklangan jamiyati 2006 yilda tashkil etilgan bo‘lib, shahar, shahar atrofi, shaharlararo yo‘nalishlarda yuk va yo‘lovchi tashish huquqini beruvchi litsenziyalarga ega. Samarqand shahrida ishlab chiqarilayotgan bitta “ISUZU SAZ NQR 71PL” rusumli yuk avtomobilini “Turkiston bank” orqali 85,0 mln so‘mlik kredit asosida sotib oldi.

Xozirgi kunda “Buyuk Turon Trans” MChJ yo‘lovchilarni 447-sonli “Bo‘zsuv QFY- Farhod bozori - Janubiy vokzal” yo‘nalishida sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shuningdek, Toshkent viloyati, Parkent tumanida shaharlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyatini amalga oshirayotgan “Jumabozor trans servis” MChJ tomonidan 4 dona “O‘zavtosanoattrans” mas'uliyati cheklangan jamiyati orqali lizing asosida hamda Angren shahrida joylashgan “72-son Angren avtokorxonasi” MChJ tomonidan 5 dona “ISUZU” rusumli avtobuslar OATB “O‘zsanoatqurilishbank” tomonidan kredit asosida sotib olinib, VX-202-sonli “Parkent AShB - Dala hovli - Qo‘yliq AShB” va VX-415a-sonli “Qiziltog‘ qo‘rg‘oni-Qo‘yliq AShB (Yenbek orqali)” yo‘nalishlarida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.