Texnologiya | 21:07 / 22.10.2015
17787
1 daqiqa o‘qiladi

Chevrolet Spark xetchbeki yanada shiddatli bo‘ldi

Chevrolet kompaniyasi Spark kompakt xetchbekining maxsus versiyasi —RS nomini olgan mashinani taqdim etdi. Ushbu yangilik Las-Vegasda o‘tadigan SEMA tyuning-shousida o‘zining shiddatkor ko‘rinishi bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Chevrolet Spark RS kabonatli orqa splitterga, shuingdek, shu materialdan tayyorlangan orqa bamperga va qora-kulrang rangga ega bo‘ldi. bundan tashqari, xetchbek 17-dyuymli g‘ildirak disklariga ega bo‘lib, uning bu tuzilishi Corvette superkariga o‘xshab ketadi.

Texnik ishlanmalar haqda aniq fikrlar bildirilmagan. Chevrolet Spark RS 94 ot kuchiga ega 1,4-litrli benzin motor bilan jihozlanishi kutilmoqda.

Kontsept Chevrolet`ning Amerika va Janubiy Korea dizayn-studiyasi tomonidan shakllantirilgan. Kompaniyadagilarning ma'lum qilishicha, Spark RS turkumining omma qabul qilishiga qarab, ushbu seriyadagi mashinalar ishlab chiqarilishi boshlanadi.