Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SOPDS kompaniyasi "Al Sajjada" nomli innovatsion joynamoz loyihasini ishlab chiqdi
SOPDS (Soner Ozenc Product Design Studio) kompaniyasi "Al Sajjada" (EL Sajjadah) nomli innovatsion gilamcha, ya'ni musulmonlar uchun joynamoz loyihasini ishlab chiqdi, deb yozadi terabayt.uz sayti.
Mazkur joynamozda ibodat chog‘ida qiblani avtomatik tarzda aniqlab beruvchi kompas mavjud. Buning uchun uni yerga yozishning o‘zi kifoya. Qolganini o‘rnatilgan kompasning o‘zi bajaradi. Ya'ni diodli ip aniqlangan qibla yo‘nalishini ko‘rsatib, yanada yorqin porlaydi. Bu, albatta, musulmonlarga safar chog‘ida, qiblani aniqlash imkoni yo‘q paytda qo‘l keladi.
Loyiha mualliflarining aytishicha, mazkur innovatsion joynamozni maxsus quvvat vositasi(batareyka)da yoki manbaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab ishlatish mumkin.

