Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Xalq birdamligi kuni nishonlanmoqda
4 noyabrda Rossiyada Xalq birdamligi kuni nishonlandi. Ushbu bayram 1612 yilda Moskvaning polshalik bosqinchilardan ozod qilinishi sharafiga ta'sis qilingan. Bu bayram davlat bayrami sifatida 2005 yildan beri nishonlanib kelinmoqda. Bayram 1996 yildan nishonlanib kelingan Murosa va hamjihatlik kuni, undan avvalroq esa 7 noyabr inqilob kuni sifatida nishonlangan bayram o‘rniga kelgan.

An'anaga ko‘ra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1611-1612 yildagi xalq ko‘ngilli askarlari sarkardalari Kuzma Minin va Dmitriy Pojarskiy haykali poyiga gullar qo‘ydi. Putinning ta'kidlashicha, bu bayram “ona vatan taqdiri uchun javobgarlikni” namoyish qiladi.

Moskvada bayram munosabati bilan “Biz birdammiz!” shiori ostida namoyish bo‘lib o‘tdi. Moskva markazida yig‘ilgan namoyishchilar o‘z tadbirlarini Misrda aviafalokatda halok bo‘lganlar xotiralariga bir daqiqalik sukut saqlash bilan boshlashdi. Moskva politsiyasi matbuot xizmatining ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirda 85 mingga yaqin kishi ishtirok etgan.









