Jamiyat | 18:10 / 06.11.2015
6547
2 daqiqa o‘qiladi

Finlyandiyada ayiq tomonidan chizilgan rasmlarning donasi 300 yevrodan sotilmoqda

Finlyandiyaning Kuusami shahridagi hayvonot bog‘ida yashovchi Yuuso laqabli ayiq rassomchilik orqasidan katta miqdorda pul ishlab topmoqda. Bu haqda Huffington Post nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, xodimlar ayiqni juda kichkinaligida yovvoyi holida hayvonot bog‘iga olib kelishgan. Hozirda bu ayiq qimmatbaho rasmlar chizmoqda.

Hayvonot bog‘i xodimlari unga qog‘oz, bo‘yoq kabi zarur vositalarni olib kelib berishmoqda. Ayiq esa bo‘yoqqa panjalarini botirib rasm chizmoqda.

Yuuso tomonidan chizilgan rasmlar asosan abstrakt uslubida tasvirlangan bo‘lib, ularning har biri bahosi 300 yevroni tashkil qiladi. Shuningdek, bu mablag‘ga pochta orqali yetkazib berish xizmat haqi ham qo‘shiladi.

Ayiq tomonidan ishlab topilgan pullarga hayvonot bog‘i ayiqlar cho‘milishi uchun suv havzasiga nasoslar va boshqa zarur jihozlar olib kelishni rejalashtirgan. Hozirgi kungacha hayvonot bog‘i ayiq tomonidan chizilgan 13ta rasmdan 6tasini sotishga muvaffaq bo‘lishgan.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s