Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Adidas Yevro-2016 turniri uchun ishlab chiqilgan to‘pni namoyish qildi
Adidas kompaniyasi Fransiya mezbonlik qiladigan Yevropa chempionati uchun tayyorlagan to‘pini namoyish qildi.
Parij shahrida o‘tkazilgan taqdimotda fransiyalik sobiq futbolchi Zinedin Zidan tomonidan ommaga ko‘rsatilgan ushbu to‘plar Beau Jeu («Chiroyli o‘yin») nomini olgan.
"Men Yevro-2016 turniri to‘pini namoyish qilganimdan faxrlanaman", deya yozgan Zidan o‘z Instagramida.
Ushbu to‘pda Fransiya ramzlari bo‘lmish ranglar aks etgan: ko‘k, oq va qizil. Unda shuningdek, turnir belgisi, "E", "U", "R", "O" harflari hamda "2", "0", "1", "6" raqamlari tushirilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada 2016 yilning 10 iyunidan 10 iyuligacha bo‘lib o‘tadigan Yevro-2016 turnirida ilk marta 24 terma jamoa ishtirok etadi.