Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shota Arveladze: «Avvalo halok bo‘lgan «Navbahor» muxlislarining oilasiga hamdardlik bildirmoqchiman»
«So‘zimni boshlashdan avval o‘tgan hafta halok bo‘lgan futbol muxlislarining oila a'zolariga va «Navbahor» klubiga hamdardlik bildirmoqchiman. Niyatim mavsum futbol muxlislari uchun faqat quvonchli damlar olib kelsin.
O‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, dastlabki turdanoq amaldagi chempionga qarshi o‘ynash oson emas. O‘yin teng bo‘ldi deb o‘ylayman. Ikkinchi bo‘limda esa biz ustun ekanimizni ko‘rsatdik. Biz g‘alabaga munosib bo‘ldik. Muxlislarimizni tabriklayman. Bu hali hammasi emas. Biz keyingi o‘yinlar haqida o‘ylashimiz kerak. Bilasizmi, futbolda eng muhimi keyingi o‘yin.
Umid qilaman futbolchilarimiz terma jamoadan ham hozirgi kabi yaxshi kayfiyatda qaytishadi va chempionatni yaxshi davom ettiramiz.
Biz mazmunli o‘ynadik. Men uchun eng muhimi bir-birimizni tushunish, futbolchilar mening nimani xohlayotganimni tushunishi. Bizda hamma yaxshi holatda. Marat ham, Cheran ham, Igor ham asosiy tarkibda o‘ynay olishadi.
Ha, futbolchilarning terma jamoalarga ketishi murabbiy uchun unchalik yoqimli narsa emas, lekin katta jamoalarning futbolchilari terma jamoaga chaqirilishadi. Bu oddiy jarayon deb o‘ylayman.
Uchinchi goldan keyin bo‘shashib qoldik deb o‘ylamayman. Shunchaki bugungi raqibimiz kuchli edi. Axir bugun oxirgi uch yildagi O‘zbekiston chempioni bilan o‘ynadik».
Mavzuga oid
20:24 / 28.01.2022
«Yevropaliklar Osiyo futboli qanchalik qiyin ekanini tushunishmaydi». Shota Arveladze Angliyada ilk intervyusini berdi
03:04 / 28.01.2022
Shota Arveladze - «Hall Siti» bosh murabbiyi
03:21 / 22.12.2020
«Jamoa muxlisi bo‘lib qolaman» – Shota Arveladze «Paxtakor»dan ketganini e'lon qildi
11:16 / 21.10.2020