Metroda musulmon ayolni himoya qilgan britaniyalik erkak internetda nom qozondi
Londonlik Eshli Pouis o‘z xatti-harakatlari bilan internet foydalanuvchilarining mehrini qozondi. U metro bekatida yosh musulmon ayolni agressiv kayfiyatdagi bir yo‘lovchidan himoya qildi.
22 yoshli Pouis o‘z sahifasida joylashtirgan xabarnomada aytilishicha, poyezdda ular bilan hijobli bir ayol ketayotgan edi. Shu paytda unga bir kishi yaqinlashib, diniy va etnik jihatlarni tilga olib haqoratlay boshlagan. Xususan, erkak ayolni “terrorchi” deb atab, uning xalqi Parijda odamlarni o‘ldirganini aytgan.
Shunda Pouis undan yosh ayolni tinch qo‘yishni talab qilgan, bunga javoban asabiy erkak uni “terrorchilar muxlisi” deb atagan. Pouisdan boshqa hech kim musulmon qizni himoya qilmagan.
Poyezddan chiqishgach, musulmon ayol bunday voqealar tez-tez bo‘lib turishini aytgan. U yigitning harakatlarini “jasorat” deb baholagan.
Bu posting 41 ming layk va 18 ming repost to‘pladi. Original posting o‘chirib tashlangan edi, ammo Pouis uni qayta tikladi. 4 soat ichida u 4.2 ming layk va 1.5 ming repost to‘pladi.